O‘zaro hamkorlik va tenglikka asoslangan uzoq
muddatli strategik sheriklik
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Hindistonga davlat
tashrifi yakunlariga doir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
2011 yil 17-18 may kunlari davlat tashrifi bilan Hindiston
Respublikasida bo‘ldi.
Hindiston tomonining tashabbusiga binoan ushbu
tashrifga xalqaro tajribadagi eng oliy – davlat tashrifi maqomi berildi.
Bunda ikki tomonlama hamkorlikning yuksak darajada rivojlanayotgani,
shu bilan birga, o‘zbek va hind xalqlari o‘rtasidagi har tomonlama
do‘stlik aloqalarining ko‘p asrlik qadim ildizlari inobatga olingan.
Hindiston noyob tarixga ega, yurtimiz bilan azaliy va
mustahkam madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar, eng muhimi, samimiy
do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan mamlakat sifatida yaxshi ma’lum.
O‘zbek va hind xalqlarining tarixi, adabiyoti,
musiqasi, tasviriy san’ati va me’morchiligida ham mushtarak jihatlar
ko‘p. Ularning bir-birini yaqindan bilishi, madaniyatini o‘zaro
boyitishi ko‘p jihatdan buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi
bilan bog‘liq.
Tashrifning rasmiy qismi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov sharafiga Hindiston Prezidentining "Rashtrapati
Bxavan” saroyi oldidagi maydonda o‘tkazilgan tantanali kutib olish
marosimi bilan boshlandi. O‘zbekiston rahbariga oliy darajada
izzat-ikrom ko‘rsatildi.
|