266 - umumiy o'rta ta'lim maktabi Toshkent shahar Sergeli tumanining Qo'yliq - 6 mavzesida joylashgan . Maktab Ubay Mahmudov , Abdurahmon Jomiy va Madaniy'at mahallalari orasida barpo etilgan .
Manzilimiz:Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6-"Qo'yliq" mavzesi.
Maktabga tegishli bino 1ta Jami xonalar soni 62 ta Sinf xonalari 52 ta Ma’muriy xizmat xonalari 6 ta Xo’jalik va qo’shimcha xonalar 9 ta Maktab hududi 21373 kv.m Maktab 1251 o’quvchiga mo’ljallangan . 1. Maktab binosi 2. Futbol maydonchasi 3. Voleybol maydonchasi 4. Sport maydonchasi 5. Obodonlashtirish zarur bo'lgan joy 6. Daraxtlar 7. Yo'lakcha 8. Darvoza 9.Gulzor
Abdurahim Shermatov nomli 266-maktab 1987 yilda qurilgan bo’lib, 1251 o’quvchiga mo’ljallangan. 2004-2005 o’quv yilidagi o’quvchilar soni 1042 tadir.
Maktab direktorlari
1.Ibragimov Sattor Ahmedovich. 1987-1991 yillarda maktabni boshqarganlar. Maktabning ochilishida bosh qosh bo’lganlar.
2.Bobojonov Tursunboy Boltaboyevich. 1991-2002 yilgacha maktabni boshqarganlar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirganlar. Teatr to’garagi va raqs jamoalari shu davrda tuzilgan.
3.Ikromova Inobat Toshxo’jayevna. 2002-2004 yilgacha maktabni boshqarganlar. Yangi ped.texnologiya asosida dars o’tishlarni yo’lga qo’yganlar.
4.Muhammadjonova Durdona Siddiqaliyevna. 2005-2006 yilgacha maktabni boshqarganlar.
5.To‘rayev Ilhom Xayrullayevich 2006- yildan buyon rahbarlik qilmoqdalar .