|
Bosh sahifa » 2010 » Dekabr » 12 » Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yil
17:21 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yil |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yil
Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18
yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va
jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt
jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy
davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari
vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov yig‘ilishda "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini
izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzuida
ma’ruza qildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda istiqlol
yillarida demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yo‘lida erishayotgan barcha yutuqlarimiz, hayotimizga
yangicha mazmun bag‘ishlayotgan islohotlar zamirida Konstitutsiyamizda
mustahkamlangan huquq va asosiy tamoyillar mujassam ekanini alohida
ta’kidladi.
Erkin va farovon jamiyat qurish, Vatanimizning
salohiyati va qudratini, xalqimizning turmush darajasini yuksaltirish
borasida erishayotgan barcha muvaffaqiyatlarimiz Konstitutsiyamizda
belgilab qo‘yilgan huquqiy asoslarga qat’iy amal qilib
kelayotganimizning samarasidir.
Mamlakatimizni isloh etish va
demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va
izchil tus olgani, odamlarimizning siyosiy va fuqarolik faolligi
oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, Vatan taqdiriga daxldorlik
tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani buning yaqqol
tasdig‘idir.
O‘tgan davr mobaynida xalqimizning fidokorona
mehnati tufayli qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlarimiz bilan haqli ravishda
faxrlanamiz. Mamlakatimizning izchil yuqori o‘sish sur’atlari,
yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli
faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va
o‘zgarishlar dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda.
Prezidentimiz
tashabbusi bilan 2010-yil – Barkamol avlod yili deb e’lon qilingan edi.
Bu borada maxsus davlat dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga
oshirilmoqda.
Bolalar hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilishga, ularni uyg‘un kamol toptirishning huquqiy asoslarini
mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish
masalalariga alohida e’tibor berildi.
Onalar va bolalar
salomatligini himoya qilish, farzandlarimizni sportga keng jalb etish,
bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari
bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar
bajarildi.
Muxtasar qilib aytganda, farzandlarimizni XXI asr
talablariga javob beradigan insonlar etib voyaga yetkazishdek ezgu
maqsad yo‘lidagi bunday ishlar izchil davom etmoqda.
Prezidentimiz
Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2011 yilni mamlakatimizda "Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilishni taklif
etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros
qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
|
Kategoriya: Ma'lumotlar |
Ko'rishlar: 3502 |
Qo'shdi: ELECTRON
| Reyting: 3.2/4 |
|
Kalendar
« Dekabr 2010 » | D | S | Ch | P | J | Sh | Y | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
| | |