|
Bosh sahifa » 2011 » Aprel » 7 » Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabzda (Kesh) dunyoga kelgan
00:09 Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabzda (Kesh) dunyoga kelgan |
Amir Temur (boshqa nomlari Timur, Temur, Taimur, Timur Lenk, Timur i
Leng, Tamerlane, Tamburlaine, yoki Taimur-e-Lang, tarjimasi Temur
lang(Temur oqsoq), janglardan birida lat yeganlaridan soʻng shunday deb
atala boshlangan) (1336—Fevral 1405) 14 asrning buyuk Turk-Mo`g`ul
lashkarboshisi, O`rta Osiyodagi Temuriylar Davlatining hukmdori
(1370—1405) va 1506 yilgacha turgan Temuriylar sulolasining asoschisi.
Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabzda (Kesh) dunyoga kelgan. Otasi
oʻz zamonasining taniqli beklaridan boʻlgan. A. Temur yoshligidan harbiy
sanʼatga qiziqa boshladi, keyinchalik yoshligidagi doʻstlarini yigʻib
qoʻshin tuzdi va turli xon va beklarga yollandi. Taxminan 1358 yillarga
kelib Amir Temur, dunyoga harbiy yetakchi sifatida tanildi. Oʻsha
paytlarga kelib Temur, Chingizxon avlodidan boʻlgan va Chigʻatoy
xonligining, xoni Chigʻatoy bilan jang qildi. Amir Temur hayotining
keyingi 11 yilini biz, qisqacha qilib uning Yodnomasidan bilib olishimiz
mumkin. Temur, Volga Bulg`orlarini magʻlubiyatga uchratgan va taxtdan
olib tashlagan Ko`ragon bilan ittifoq tuzgandan soʻng, Xurosonga yurish
qiladi. Uning keyingi yurishlari Xorazm va Urgenchga boʻldi.
|
Kategoriya: Bayramlar |
Ko'rishlar: 9228 |
Qo'shdi: ELECTRON
| Reyting: 2.7/37 |
|
|
| | |