1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira
maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb
nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida
qaxramona, o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va
xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga
bag`ishlangan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga
egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o'z
Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To'maris,
Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir
kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun
kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho'lpon, Avloni, Fitrat,
Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham
farz ham qarzdur.
Insoniyat ikkinchi jaxon urushida katnashgan, bu
ayovsiz jangu jadalda kaxramonlarcha xalok bulganlar xotirasini aslo
unutmaydi.
|