Bosh sahifa » 2011»May»20 » «Tа’lim to‘g‘risidа» O‘zbekiston Respublikаsining qonuni
10:59
«Tа’lim to‘g‘risidа» O‘zbekiston Respublikаsining qonuni
Ta'lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor
deb e'lon qilinadi.
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari
quyidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi;
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o’rta, shuningdek o’rta mahsus, kasb-hunar ta'limining
majburiyligi;
o’rta mahsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishini: akademik litseida
eki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ehtieriyligi;
ta'lim tizimining duneviy harakterda ekanligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun
ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondashuv;
bilimli bo’lishni va iste'dodni rag’batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uig’unlashtirish.
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga
munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar
joiy, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan
qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni
tashkil etish;
ta'lim va kadrlar taierlash davlat dasturlari asosida bepul
o’qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov
evaziga kasb-hunar o’rgatish;
barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keiyngi
bosqichdagi o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga
akkreditatsiyadan o’tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida
attestatsiyadan o’tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida halqaro
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shahslar bilim
olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.