Shanba, 18.05.2024, 14:56
Siz Mehmon nomi ostida kirdingiz | Guruhlar "Mehmonlar" | RSS

 

    
Saytni to'liq ishlashi va xizmat ko'rsatishi uchun<--
Bizning so'rov
Maktabda nima ishlar olib borish lozim ?
Barcha jovoblar: 208
Qaysi fandan saytga testlar joylanishini hoxlaysiz ?
Barcha jovoblar: 445
Statistika
free counters

Bosh sahifa » 2014 » Iyun » 18 » O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov haqida iliq so‘zlar
11:39
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov haqida iliq so‘zlar

Sbnation.com sayti rahbari Grem MakEri JCh—2014 guruh bosqichida Shveysariya va Ekvador terma jamoasi o‘yinini sharhlar ekan, o‘yinni boshqarib borgan O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov haqida iliq so‘zlar bildirib o‘tdi, deya xabar beradi Stadion.uz.

“Aksariyat hakamlar Shveysariyaga dramatik g‘alaba imkoniyatini bermagan bo‘lar edi. Rahmat, Ravshan Ermatov!” — deb yoziladi maqolaga ilova qilingan fotosurat sharhida.

“Pyesada qahramonlar bo‘lgani singari, Seferovich urgan golning ham qahramonlari bor: Behrami va Rodrigeslar golga katta hissa qo‘shishdi. Shveysariyaliklarga, aytish mumkinki, shu kungacha biz Braziliyada ko‘rgan eng yaxshi hakamlik namunasi ham yordam berdi.


 

Behrami Kruezo tomonidan yiqitilgan vaziyatda o‘zbek hakami Ravshan Ermatov maydon markazida aniq folni ko‘rdi va hushtagini ko‘tardi, uni chalishdan oldin Behramining o‘zini o‘nglab olishini kutdi. Bu ustunlik qoidasining qo‘llanilishi edi va u ajoyib bajarildi.

Agar bu vaziyatda jarima to‘pi belgilanganda himoyachilar ortga qaytgan bo‘lar edilar va o‘yin durang natija bilan tugashi mumkin edi.

Behrami o‘rnidan turdi va davom etdi, hakam hushtagini tushirdi va Shveysariya g‘alaba qozondi. Behramining oldida ham tanlash uchun uzoq vaqt bor edi, ammo Ermatov qaror chiqarishdan avval uning o‘yinni davom ettirish-ettirmasligini kutdi. Bu juda aqlli va saviyali hakamlik edi. Bu bizga jahon chempionatining eng yaxshi vaziyatlaridan biriga guvoh bo‘lishimizga yordam berdi.

Musobaqaning eng birinchi uchrashuvidagi rasvo hakamlikdan so‘ng, hakamlarning o‘yinga yaxshi tomonlama ta’sir qilganini ko‘rish juda yoqimli.

Shveysariya g‘alabaga loyiq edi, ammo bu Ravshan Ermatovning tezkor fikrlashi evaziga qo‘lga kiritildi, deb aytishimiz mumkin. Siz esa, u qanday hakam bo‘ldi, deyishingiz mumkin”, — deb yozadi Grem MakEri.



 

Kategoriya: Ma'lumotlar | Ko'rishlar: 1318 | Qo'shdi: ELECTRON | Teglar: sport | Reyting: 0.0/0
Kirish uslubi
Qidiruv
Ob-havo
Kalendar
«  Iyun 2014  »
DSChPJShY
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30