Shanba, 18.05.2024, 12:01
Siz Mehmon nomi ostida kirdingiz | Guruhlar "Mehmonlar" | RSS

 

    
Saytni to'liq ishlashi va xizmat ko'rsatishi uchun<--
Bizning so'rov
Maktabda nima ishlar olib borish lozim ?
Barcha jovoblar: 208
Qaysi fandan saytga testlar joylanishini hoxlaysiz ?
Barcha jovoblar: 445
Statistika
free counters

Tadbirlar



Maktabda 2012 - yil  30 yanvar kuni , soat 13 : 00 da ,faollar zalida , iqtidorli , yosh shoir AHAD QAYUM bilan o'qtuvchi va o'quvchilarning uchrashuvi bo'lib o'tdi.Unda o'qtuvchi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi .  



Maktabda 2011 - yil 1 - dekabr kuni O'zbekiston Xalq yozuvchisi , sevimli adibimiz Tohir Malik bilan o'qtuvchi va o'quvchilarning uchrashuvi bo'lib o'tdi.Unda o'qtuvchi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi .  

Ўзбек адабиётида Тоҳир Малик ўзининг "Фалак”, "Сомон йўли элчилари”, "Тириклик суви”, "Захарли ғубор” ("Васваса” номи билан қайта ишланган), "Чорраҳада қолган одамлар” ("Девона” номи билан қайта ишланган) ва бошқа фантастик, "Чархпалак”, "Қалдирғоч” ("Савоҳил” номи билан қайта ишланган), "Бир кўча, бир кеча”, "Сўнгги ўқ”, "Шайтанат”, "Ов”, "Мурдалар гапирмайдилар”, "Иблис девори”, "Меҳмон туйғулар”, "Жиноятнинг узун йўли”, "Одамийлик мулки” сингари детектив ва маърифий асарлари билан танилган ва китобхонларнинг севимли адибига айланган ижодкордир.
Тоҳир Малик 1946 йилнинг 27 декабр куни Тошкентда зиёли оиласида дунёга келди. Барча тенгдошлари сингари у ҳам урушдан кейинги турмуш қийинчиликларини бошидан кечирди. Оиладаги беш фарзанднинг кенжаси бўлган Тоҳир матабга бормай турибоқ, дарс тайёрлаб ўтирган акалари ва опалари ёнида саводини чиқарди. Укасининг китобга бўлган ихлосини сезган акаси унга ҳозирга қадар эъзозлаб сақлаётгани - "Мард йигит” эртаклар тўпламини совға қилди.
Таниқли ўзбек адиби ва таржимони Мирзакалон Исмоилий Тоҳир Маликнинг тоғаси бўлиб, уни 1949 йилда "халқ душмани” деган туҳмат билан қамоққа олишади. "Кечаси уйғониб кетиб қарасам, аям раҳматли қора чироқ нурида дўппи тикиб ўтирибдилар. Қўллари ишда-ю, кўзларида ёш. "Нега йиғлаяпсиз?” деб сўрадим. Жавоб бермадилар. Сабабини орадан йиллар ўтиб билдим. Тоғамнинг "халқ душмани” эмаслиги маълум бўлиб, "оқланиб” чиққанларида иккинчи синфда ўқирдим. Дастлабки машқларим ўшанда бошланган. Аммо ёзганларимни талабчан тоғамга кўрсатишга чўчир эдим”, - деб эслайди адиб.
Дастлабки ҳикояси 1960 йилда "Гулхан” журналида чоп этилади. 1963 йилда Тоҳир Малик Тошкент Давлат универитетининг кечки журналистика бўлимига ўқишга кириб, кундузи қурилишда дурадгор, ғишт терувчи бўлиб ишлай бошлайди. У ижодга доир машқларни давом эттирар экан, устоз-тоғанинг икки ўгити – "Ўзинг яхши билмаган нарсани ёзма”, "Бошқалар юрган йўлдан юрма, ўз йўлингни топ”га ҳамиша амал қилди. Болаларга атаб ёзилган ҳикоялари билан бадиий адабиёт сирларини ўрганган Тоҳир Малик кейинчалик ўзбек адабиётида кам эътибор берилган фантастика жанрига қўл урди ва бир қатор асарлари билан китобхонлар эътиборини қозонди. Унинг талабалик йиллари ёзилган "Ҳикмат афандининг ўлими” асари ўзбек адабиётининг фантастика йўналишида яратилган биринчи қисса ҳисобланади. Ёзувчининг бир қатор асарлари рус ва бошқа тилларга таржима қилинди. "Сўнгги ўқ” асари асосида етти қисмли, "Шайтанат” асари асосида йигирма қисмли бадиий фильмлар суратга олиниб, намойиш этилди.





2011 - yil 1 dekabr kuni 266 - umumiy o'rta ta'lim maktabida , " 2011 - yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili "munosabati bilan      8 - A sinfning "Tadbirkor" hamda  8 - B sinfning "Bankirlar" guruhi kuch sinashdi . Bo'lib o'tgan bellashuv tashkilotchisi maktab iqtisod o'qtuvchisi Qalandarova Dildora. Bellashuv qizg'in baxslar ostida o'tdi .O'quvchilar iqsod fanidan olgan bilmlarini namoyish etishdi . 


266 - maktabida 2011 - yil 18 - mart tuman miqiyosida maktablar aro kimyo va biologiya fanlari festivali bo'lib o'tdi. Festivalda barcha maktablar o'z ijodiy ishlari , namunaviy dars ishlanmalari hamda ko'rgazmali qurollari bilan qatnashdilar . Festivalning tashkiliy qismida 266 - maktabning o'quvchilari o'z sahna ko'rinishlari va musiqali chiqishlari bilan hammaga manzur kelishdi . Kimyo va biologiya fan festivalida tuman XTB vakillari va barcha maktabning mazkur fan o'qituvchilari ishtirok etishdi .













266-umumiy o'rta ta`lim maktabida 2011-yil 16-martda 9-sinflar o'rtasida fizika fanidan bellashuv bo'lib o'tda. Bunda 9-"A" sinfning "Termodinamika" , 9-"B" sinfning  "Paradox" hamda 9-"G" sinfning "Gelios" jamolari ishtirok etishdi  . Bellashuvda o'quvchilar  o'zlarining fizika fanidan olgan bilm va ko'nikmalarini namoish etishdi . Tadbir yakunida "Termodinamika" va "Gelios" jamolari g'olib deb topildilar . Tadbirni tashkil etishda fizika fani o'qituvchilari Xayrullayeva Malika  va Usmonova Feruza opalar faol qatnashdilar .


















O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915
yili 1 martda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan.  Shoira Xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

266 - umumiy o'rta ta'lim maktabida , taniqli jamoat arbobi , sevimli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan , "Zulfiyaxonim izidan" nomli adabiy kecha o'tkazildi. Bunda adabiyot o'qtuvchilari : G'oibova Ibodat , Sultonova Manzura , Mo'minova Muqaddas va ularning shogirdlari faol ishtirok etishdi







266 - umumiy o'rta ta'lim maktabida 2011 - yil 24  fevral kuni "Matematika - aql gimnastikasi" nomi ostida 9 - sinflar o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi . Unda 9-B sinfning "Matematika malikalari' , 9-V sinfning "Pifagor" va 9-G sinfning "Matematika mashinasi" jamoalari ishtirok etishdi . Belashuv qizg'in kurashlar ostida o'tdi va unda 9 - V sinfning "Pifagor " jamoasi g'olib deb topildi.
   Matematika fan oyligi o'quvchilar faoligi ostida o'tmoqda .



Sergeli tumani 266 - umumiy o'rta ta'lim maktabida 2011 yil 14 fevral "Adabiyot bayrami" kuni tashkil etildi."adabiyot bayrami"da insholar tanlovi , g'azalxonlik , baxru - bayt va boshqa tadbirlar o'tkazildi . Bunda so'z mulkining sultoni , buyuk davlat arbobi Alisher Navoi va shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburrning hayoti va ijodi to'g'risidagi tadbir nihoyotda mazmunli o'tdi . O'tkazilgan tadbirda adabiyot o'qtuvchilari va ularning shogirdlari faol qatnashdi .

Kirish uslubi
Qidiruv
Ob-havo
Kalendar
«  May 2024  »
DSChPJShY
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031